Pastel
Pastel (Fransuzcha pastel — xamir) — rasm ishlashda foydalaniladigan g’ilofsiz yumshoq, rangli maxsus qalam; Pastel bilan rasm chizish usuli; shuningdek, shu usulda ishlangan san’at asari. G’adir-budur qog’oz, karton, gruntlangan mato, teri, pergamentga chiziladi, bo’yoq qatlami purkagich bilan fiksativ sepib mustahkamlanadi. Shtrixlardan keng foydalanish Pastelni fafikaga yaqinlashtiradi. Taxminan 15-asrning 2-yarmida yuzaga kelgan, 17-asrdan tasviriy an’analari kuchaydi. Nafis va jozibali usuli, mayin bezagi rassomlarni o’ziga jalb qiladi. J.Fuke, J.Sharden, E.Delakrua, E.Mane va boshqa asarlari mashhur. O’zbekistonlik rassomlardan R. Ahmedov, J. Umarbekov, B. Jalilov va boshqalar Pastelda samarali ijod qiladi.