Pasterellalar

Pasterellalar — Pasteurella guruhiga mansub mayda grammanfiy Koko-basillalar. Bu guruhga mansub 12 tur Pasterellalar aniqlangan. Ulardan odam uchun eng xavflisi Pasterellalar multocida. Pasterellalar hayvon va qushlarning burun-halqumidagi normal mikroflora tarkibida uchraydi. Ayrim hollarda hayvonlarda zotiljam va sepsis kasalligini keltirib chiqaradi. Pasterellalar odamga, asosan, Mushuklar tishlagani yoki tirnaganida yuqadi va endokardit, osteomielit, zotiljam va septisemiya kabi kasalliklarni qo’zg’atadi. Ko’pincha yosh bolalar va qariyalar kasallanadi. Pasterellalar qo’zg’atgan kasalliklar (masalan, pasterellyoz)ni davolashda shikastlangan joyga jarrohlik ishlovi beriladi va antibiotiklar qo’llanadi. Oldini olish mushuk, kuchuk kabi uy hayvonlarini veterinar ko’rikdan o’tkazib turishdan iborat.