Pentod
Pentod [Yunoncha pente — besh va (elektr)od] — katod, anod va uchta to’r (boshqarish, ekran, antidinatron) dan iborat besh elektrodli elektron lampa; past va yuqori quvvatli xillari bor. Past quvvatli Pentod yuqori va oraliq chastotali kuchaytirgichlarda ishlatiladi. Yuqori quvvatli Pentod o’zgarmas (ba’zan, o’zgaruvchan) tok tarmog’i elektr energiyasini yuqori chastotali energiyaga aylantirib berish uchun ishlatiladi. Pentod yordamida chastotasi bir necha o’n MGs gacha bo’lgan elektr tebranishlar generatsiyalanadi hamda ularning kuchlanish va quvvati kuchaytiriladi.