Perxlorat kislota
Perxlorat kislota, NS1O4 -rangsiz, havoda tutovchi gifoskopik suyuqlik. Suvdagi eritmasi kaliy Perxloratga sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi. Perxlorat kislota xlorning kislorodli kislotalaridan eng barqarori va ma’lum kislotalar ichida eng kuchlisi hisoblanadi. Kuchli oksidlovchilardan. Oddiy temperaturada reaktsiyaga kirishmaydi, qizdirilganda, kontsentrlanganda reaktsiyaga shiddatli kirishadi. Organik moddalar bilan reaktsiyaga kirishganida portlash yuz beradi. Murakkab rudalarni parchalashda, minerallarni analiz qilishda, katalizator sifatida qo’llanadi.