Pobedit

Pobedit — kobalt (10% cha) va volfram (90% cha) monokarbididan kukun metallurgiyasi usulida qovushtirib olinadigan qattiq qotishma. Mustahkam (Rokvell bo’yicha qattiqligi — 85-90; A shkalada), yeyilishga chidamli (0,5— 0,6 mg/mm2) material. Pobedit termini volfram-kobalt guruhidagi boshqa qattiq qotishmalarga ham tatbiq qilinadi. Pobedit mashinasozlikda chidamli va o’tkir keskichlar, mustahkam asbob-qurollar yasash uchun ishlatiladi.