Ploeshti

Ploeshti — Ruminiyaning Janubiy qismidagi shahar. Praxova daryosi bo’yida. Praxova judesining ma’mu riy markazi. Aholisi 251,3 ming kishi (1998). Mamlakatning muhim neft qazib olinadigan rayoni markazi. Neft kimyosi va kimyo sanoatlari rivojlangan. Neft va kimyo sanoatlari uchun jihozlar, chinni buyumlar, mebel ishlab chiqariladi. To’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Budapesht, Konstantsa shaharlariga neft quvurlari o’tkazilgan. Issiqlik elektr stansiyasi qurilgan.