ATSETAMID
ATSETAMID, sirka kislota amidi, rangsiz kristall. Sof holda hidsiz, suyuqlanish temperaturasi 82 — 83°, qaynash temperaturasi 221,2°. Suvda, spirtda va gliserinda oson eriydi, efirda erimaydi. Kuchli kislotalar ta’sirida tuz hosil qiladi. Teri pishirishda, qog’oz ishlab chiqarishda qo’llaniladi.