ATSETANILID

ATSETANILID, antifebrin, sirka kislota anilidi, C6H5NHCOCH3 — rangsiz kristall. Molekulyar modda 135,16. Zichligi 1026 kilogramm/metr kub. Suyuqlanish temperturasi 114,2°, qaynash temperaturasi 303,8°. Qaynoq suvda yaxshi erib, sovuq suvda erimaydi, organik erituvchilarning ko’pchiligida eriydi. Anilinga sirka kislota, sirka angidrid yoki xlor-angidrid ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Bo’yoq ishlab chiqarishda oraliq moddalarni sintez qilishda hamda tibbiyotda isitmani tushiruvchi va og’riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi.