Polispast
Polispast (Yunoncha polyspastos — ko’p arqonlar bilan tortiladigan) — bir necha qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas bloklar hamda shu bloklar orqali o’tkazilgan po’lat arqonlar (troslar)dan iborat yuk ko’tarish qurilmasi. Polispast yordamida ko’tariladigan yukning vazni bloklar va po’lat arqonlar tarmog’iga tarqaladi, shuning uchun yukni ko’tarish uncha qiyin bo’lmaydi. Polispast ko’pincha yuk ko’tarish mashinalari (masalan, yuk ko’tarish kranlari)ning bir qismi hisoblanadi. Ba’zan, Polispast chig’ir (lebedka) bilan birlashtirib yasaladi. Yengil yuklarni ko’tarishda Polispastning o’zidan mustaqil tarzda foydalanish mumkin. Polispast qurilish, portlar va uy-ro’zg’orda ishlatiladi.