Polipropilen

Polipropilen — propilenning termoplastik polimeri [—SN2=SN— SN3—]»; rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 30000-500000. Suyuqlanish temperaturasi 172°, zichligi 920-930 kg/m3. Kislotalar, ishqorlar, erituvchilar va anorganik yemiruvchi muhitlarga chidamli. Benzol, organik erituvchilar va efirda eriydi. Polipropilen propilenni oddiy temperatura va 10-40 ATM. bosimda katalizator ishtirokida polimerlab olinadi. Polipropilen mahsulotlari puxta va yeyilmaydi, dielektrik. Tolalar, plyonkalar, idishlar, agressiv muxitlar uchun quvurlar, sovitkich va radio detallari ishlab chiqarishda qo’llanadi.