Islomov O’tkir
Islomov O’tkir (1932.22.11, Toshkent) — arxeolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), tarix fanlari Doktori (1978). Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1956). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1964-70). 1970 yildan shu institutning Toshkent bo’limida arxeologiya va tosh davri bo’limi mudiri. Ilmiy asarlari, asosan, mezolit davriga bag’ishlangan. U mezolit davrini tarixiy davr sifatida O’rta Osiyoda birinchi bor ochib berdi; arxeologik manbalarga asoslangan izlanishlari bilan insoniyatning O’zbekiston hududida 1 million yil muqaddam vujudga kelganligini ilmiy ravishda isbotladi. As: Pervobitnaya kultura v nizovyax Zarafshana, T., 1966; Peshera Machay, T., 1975; Obishirskaya kultura, T., 1980; u istokov drevney kulturi Tashkenta, T., 1988; Kultura kamennogo veka Tsentralnoy Fergani, T., 1995; paleoekologiya i sledi drevneyshego cheloveka Tsentralnoy Azii, T., 1995.