Musinlar
Musinlar (lot. mucus — shilliq) — glikoproteidlarga mansub uglevod- oqsilli birikma, Shilimshiqning aso- siy tarkibiy qismi, shilliq modda. Odam va hayvonlarning nafas, ovqat hazm qilish, siydiktanosil yo’llari shilliq qavatlaridagi, shuningdek, jag’osti, til osti so’lak bezlaridagi epithelial hujayralaridan ajraladi. Cho’ziluvchan massa, proteolitik fermentlar ta’siri- ga chidamli. M. og’iz bo’shlig’i va me’da- ichak yo’li shilliq qavatini turli mexa- nik va kimyoviy ta’sirlardan sakdaydi.