Madina
Madina (Arab, nomi — Madi- nat Rasulilloh yoki Madinat un-Nabi — payg’ambar shahri) — Saudiya Arabi- stonidagi shahar, mamlakatning g’arbiy qismida, Hijoz viloyatida, qizil den- gizdan 250 km Sharqdagi vohada joy- lashgan. Aholisi 750 ming kishiga yaqin (2002). Shaharga asos solingan vaqt ma’lum emas. Shahar Madinai-Munavva- ra — Nurafshon shahar, al-Islom, qalb al-Islom, dor al-Islom, dor as-sunna kabi 95 dan ortiq nom b-n ulug’lanadi. Qadimda Yasrib (Yatrib) deb atalgan. PTO- Lemey o’z «Geografiya»sida bu shaharni «Yatrippa», vizantiyalik Stefan esa «Yatrippa polis» deb bergan. Yasrib nomi b-n u Qur’oni karimda ham qayd qilinadi. 622 y.da Yasribga Muhammad payg’ambar boshchiligida musulmonlar ko’chib o’tdi. M.da musulmon davlatchili- giga asos solindi va u birinchi poytaxt sifatida e’tirof etildi. 7-a.dan bosh- lab M. musulmonlarning Makkayaan key- ingi eng katta ziyoratgohi. 632-661-y. lar M. — Roshidiyn xalifalar davlati deb nom olgan mamlakatning poytax- ti. Umaviylar va Abbosiylar davrida Hijozning ma’muriy markazi. 10-a.dan Misrga tobe bo’lgan. Misr turklar ta- sarrufiga o’tgach (1517), Usmonli turk saltanati, keyinroq Hijoz podsholigiga (1919) qo’shib olingan. 1927 y. M.ni Ibn Sa’ud qo’shinlari zabt etdi, 1932 y.dan Saudiya Arabistoni tarkibida. Asrlar davomida M. o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Qur’oni Karimning eng katta suralari (Baqara, Oli-Imron, Niso, Moida va b.) M.da nozil bo’lgan. Shaharda podshoh Fahdning Qur’on chop etiladigan maxsus bosmaxona majmuasi bor. M. markazida Muhammad payg’ambar uyi o’rniga katta masjid (656) qurilgan. Shahardagi suv minorasi diqqatga sazo- vor joy. Minoraning yuqori qismidagi maydondan shaharning aksariyat qismi ko’rinib turadi. M. aholisi, asosan, ziyoratchilarga xizmat qilish, ibodat uchun zarur bu- yumlar (tasbeh, joynamoz, maxsus kiy- imlar) i.ch. b-n shug’ullanadi, shahar chetida dehqonchilik va bog’dorchilik mahsulotlari (xurmo va sabzavot) etish- tiriladi. M.da o’quv muassasalaridan kollejlar, madrasa va bilim yurtlari, Islom un-ti (1961) bor. M. atrofida uchta aylanma yo’l qurilgan, eng zamonaviy aloqa vositala- ri mavjud. Shahar avtomobil yo’llari orqali Makka, Najaf (Iroq), Ammon (Iordaniya), Yanbo va Jidda sh.lari b-n bog’langan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dengiz suvini chuchuklashtirib be- ruvchi inshoot qurilgan. Ad.: Hasanov A. A., Makka va Madina tarixi, T., 1992; Inog’omov S. R., Saudiya Arabistoni Podshohligi, T., 1998. Ahadjon Hasanov.