May qo’ng’izlari
May qo’ng’izlari (Melolonthinae) — plastinka mo’ylovli qung’izlar kenja oilasi. Gavdasining uzunligi 15-35 millimetr, qurtlari — 30-70 millimetr. Qo’ng’izlari rangi och sariq yoki oqish, may oyida paydo bo’ladi (nomi shundan olingan). Bir necha turi ma’lum — Yevropa huludida g’arb May qo’ng’izlari va Sharq May qo’ng’izlari. O’rta Osiyoda zararkunanda May qo’ng’izlari, uch tishli May qo’ng’izlari va mart qung’izi tarqalgan. May qo’ng’izlari yumshoq tuproqqa (20— 30 santimetr chuqurlikka) 100 taga yaqin tuxum quyadi. Tuxumlardan chiqqan qurtlari tuproqda 3 yil, ba’zan 4 yil rivojlanadi.. Qurtlar 4-yili g’umbakka aylanib, undan 1 — 1,5 oydan so’ng qo’ng’izlar chiqadi. Yosh qo’ng’izlar tuprokda qishlab qoladi. Voyaga yetgan qo’ng’izlar bahor oylarida tuproqdan uchib chiqib, 20-40 kun yashaydi; urug’lanib tuxum qo’ygach halok bo’ladi. May qo’ng’izlari qurtlari tuprokda o’simliklar (ayniqsa.yosh niqollar) ildizini yeb, katta ziyon keltiradi. May qo’ng’izlari qurtlarini kuzgi shudgorlash, ekinni chopiq qilinganda terib olish orqali yo’qotiladi. Shudgor qilingan tuproqdagi May qo’ng’izlari qurtlarini qu|llar (zagcha, qarga, tovuq. olaqarg’a) ko’plab terib yeydi.