Maza bilish
Maza bilish, ta’m bilish — turli eriydigan moddalarning ta’m bilish reseptorlariga, asosan, tilga (umurtqalilarda) ta’sir etishi nati- jasida paydo bo’ladigan sezgi. M. b. reseptorlari tilda, halqumning orqa devorida, yumshoq tanglayda, murtaklar- da joylashgan. Til uchi, chetlari va orqa qismida reseptorlar ayniqsa ko’p; til o’rtasida va uning ostki yuzasida M. b. reseptorlari yo’q. Shirin, nordon, achchiq, chuchuk va sho’r sezadigan M. b. sezgilari farq qilinadi. Bu sezgi ma’lum moddalarning o’ziga mos keluvchi M. b. reseptorlarini qo’zg’atishi natijasida namoyon bo’ladi. M. b. uchun traning (issiq yoki sovuq ovqat maza sezgisini susaytiradi), shuningdek, hidning ahamiyati muhim (kishi tumov bo’lib, hidni yaxshi sezmaganda ovqat ma- zasini bilmaydi). Til va og’iz bo’shlig’i turli qismlarining sezuvchanligi bir xil emas, mas, til uchi Shirinni, o’zagi achchiqni, chetlari esa nordon va sho’r ma- zani sezadi. Turli mazaga ega bo’lgan mahsulotlar bir vaqtda yoki ketma-ket is- te’mol kilinganda M. b. kontrasta ovqat ta’mini almashtirib yuborishi mumkin. M. b. reseptorlari ta’sirlanib, Ko’zg’alganda bu qo’zg’alish markazlarga intiluvchi nerv tolalari orqali uzun- chok miyaga boradi, u erdan boshqa markaz- ga o’tadi, natijada bir qancha reflector hodisalar kuzatiladi (so’lak oqishi, me’- dadan shira chiqishi va h. k.), ayni vaqtda qo’zg’alish bosh miya po’stlog’iga etib bora- Di, uning muayyan qismi qo’zg’alib, maza sezgisi kelib chikadi. M. b. kishi hayotida katta axami-yatga ega, zararli moddalar og’izga olinganda refleks yo’li b-n tuf- lab tashlanadi. M. b. organizmning Fi- ziologik holatiga bog’liq bo’lib, ishtaha va ovqat hazm kilishga ta’siri bor. Ay- Rim kasalliklarda M. b. ayniydi.