A’ZAMXO’JAYEV SAIDMAG’RUF MAG’RUPOVICH

A’ZAMXO’JAYEV SAIDMAG’RUF MAG’RUPOVICH (1917.5.11, Toshkent) — jarroh, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari Doktori (1975), professor (1976). Toshkent davlat tibbiyot instituti sanitariya-gigiyena, keyin stomatologiya fakultetida jarrohlik kasalliklari kafedrasi mudiri (1976 — 91). 1991 yildan professor-konsultant. Ilmiy ishlari asosan jarrohlik masalalari, gastroduodenal qon oqishlar, me’da va o’n ikki barmoq ichak yarasi teshilishi, o’tkir appendisit, xolesistit va pankreatitlar, chandiq kasalligi, «o’tkir qorin» va boshqalarga oid. A’zamxo’jayev portal gipertenziya va jigar tsirrozi, shuningdek o’pka silini jarrohlik yo’li bilan davolash usullarini ishlab chiqqan.