Pirmuhamedov Rahim

Pirmuhamedov Rahim [1896.20.12 (1897.1.1) — Toshkent — 1972.16.2] -birinchi uzbek kinoaktyorla- ridan. O’zbekiston xalq artisti (1948). Moskva uzbek drama studiyasini tugat- gan (1930). Ijodiy faoliyatini 1918 y. K. Marks nomidagi teatr truppasida boshlagan, keyinchalik Samarqand, na- mangan teatrlarida ishlagan. 1924 y. Toshkentda utka-zilgan «kuldiruvchilar musobaqasi»ning g’olibi bo’lgan. 1927 y.dan kinoaktyor. P. epizodik rollar usta- si sifatida tanilgan. U ovozeiz kino («Masjid gumbazlari OS-tida»da Umar- ning do’sti; «soyabon arava»da Jo’raboy; «Ravot qashqirlari»da Akromxon, «Ma- xov qiz»da Saidmurod va b.) davridanoq etakchi kinoak-tyorlardan bo’lgan. Bu davrda u ovozeiz kinoning eng yaxshi an’- analarini o’zlashtirib, o’zining keyingi faoliyati uchun muhim zamin tayyorlagan. Birinchi uzbek ovozli filmi «qasam»da Rahim milisioner obrazini yaratdi. P. ijodidaxalqteatrian’analari, zamo- naviy sahna san’ati yutuklari va kino estetikasi madaniyatiga xos xususiyat- lar uyg’unlasha borgan, u Amir ayg’oqchisi («Nasriddin Buxoroda»), Abulmalik («Alisher Navoiy»), Abdulxayr («Abu Ali ibn Sino»), karvonsaroy soqchisi, ko’sa («Tohir va Zuhra»; «Nasriddinning sarguzashtlari») singari chuqur milliy, hayotiy obrazlar yaratdi. Turli xil xatti- harakatlar, o’ziga xos mimika va b. vosi- talar b-n obrazlariga satirik va yumo — ristik bo’yoq berib, ularni turli drama- tik kulgili holatlarda namoyish etish P. ijodiga xos. «Furqat» filmidagi qotil, «o’tgan kunlar»dagi Qushbegi, «Mahallada duv-duv gap»dagi Arslon- bek, «Sen etim emassan»dagi chipta na- zoratchisi kabi salbiy obrazlar o’zining to’laqonliligi, rang-barangligi, sati- rik bo’yoklarga, milliy koloritga boyli- gi b-n ajralib turadi. Ibrohim oshpaz («Gullar ochilganda»), Akmal qiziqchi («Natashaxo-nim»), vazir («ikki dil dostoni») kabi rollari uzbek kinosi zarvaraqlaridan o’rin oldi. «Shiddat» filmidagi Mullaboy uning ijodidagi so’ngti obraz bo’ldi. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni b-n mukofotlangan (2003). Ll.Akbarov X., Rahim Pirmuhamedov, M., 1970; Teshaba eV Dj., Raxim Pirmu- Xamedov, T., 1970.