Parashyut sporti
Parashyut sporti — avia- tsiya sporti turi. P.eda turli uchish appa-ratlaridan (samolyot, vertolyot, planyor, dirijabl, aerostat va b.) Pa- rashyutda sakraladi. Zamonaviy P.s. musobaqalari dasturiga quyidagilar kiradi: 600-1500 m balandlikdan ra- diusi 10 m li nishon doirasiga yakka va guruxli bo’lib sakrab erga aniq qo’nish; 2000 m balandlikdan yakka holda sakrab xavoda akrobatik figuralar kompleksi- ni bajarish; 2400 m dan erkin tushish paytida estafeta tayoqchalarini uzatish va nishon doiraga aniq qo’nish mashqi bajariladigan guruxli bo’lib kompleks sakrash; 2400-4000 m balandlikdan er- kin tushishda muayyan figuralar yasab guruxli bo’lib akrobatik sakrash; erga aniqqo’nish; kichik kalibrli mil-tikdan otish, Kross, suzishni o’z ichiga oluvchi parashyut ko’pkurashi. Xalqaro aviasiya federasiyasining parashyut komissiyasi — S1R (1950 y. tuzilgan)ga 50 dan or- tik, mamlakat a’zo. 1951 y.dan jahon, 1975 y.dan Evropa chem-pionatlari o’tkaziladi. O’zbekistonda P.s. 1934 y. vujudga kelgan. Shu yili Toshkent AE- roklubi o’z faoliyatini boshlagan edi. O’tgan davr mobaynida O’zbekistonda 12000 dan ortik, para-shyutchilar tayyor- landi. Toshkent Aero-klubidan tashqari mamlakatda yana 3 ta aviasiya sport klubi (Andijon, Zaraf-shon, Samarqand) bor. Parashyutchilarning har yili «oq oltin» musobaqalari hamda faxriylarning an’- anaviy match uchrashuvlari o’tkazib turi- ladi. 1993 y. Farg’ona sh. parashyutchila- ri Vena (Avstriya)da o’tkazilgan xalqaro musobaqalarda, O’zbekiston terma jamo- asi (T. Azizbekova, N. Trofimova, S. Rich- Kova, T. Girdyuk, N. Skulkina) parashyut ko’pkurashi bo’yicha xalqaro musobaqalar (Volgansk sh.)da 3-o’rinni egalladi. O’zbekistonlik V.Krestyannikov jahon, E. Eskanderov Evropa chempioni unvoni- ga sazovor bo’lgan, A. Fasxut-dinov, A. Konisheva, L. Abduraxmonov, V. Korote- Eva va b. o’zbekistonlik jahon rekordchi- lari hisoblanadi.