Pushtu tili

Pushtu tili, afg’on tili, pash- tu — eroniy tillarnchnt Sharqiy guruhiga mansub tillardan biri; Af- g’onistondagi ikkinchi rasmiy tildan (dari tili b-n birga) bittasi. Afg’o- nistonning Qandahor, Jalolobod, G’azna, xost, Farax viloyatlari va ko-bul sh.da, Pokistonning Vaziriston, ba- lujiston va b. hududlarida, Peshovar sh.da tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 25 mln. kishidan ortiq bo’lib, ularning uchdan ikki qismi Po- kistonda yashaydi. Ko’p sonli hududiy va qabilaviy lahjalar asosan 2 guruhni tashkil etadi: Sharqiy yoki Peshovar- Jalolobod lahjasi va g’arbiy yoki qan- dahor laxjasi; shuningdek, Jan. laxja ham (Afg’onistonning Paktiya viloya- ti) farklanadi. P.t.da undoshlar 30 ta; boshqa eroniy tillardan farklanuvchi undosh tovushlarga ega; urg’u dinamik Xu- susiyatli, urg’ularning o’zgaruvchanligiga qarab so’zlarning ma’nolari farklana- Di; grammatik qurilishi uchun otlarning flektivligi kuchlidir. Adabiy P.t. 2 lahjali asosga ega bo’lib, Afg’onistonda o’ziga nisbatan qadimiyroq va boyroq yozma an’ana- larga ega bo’lgan dari tili b-n yonma-yon qo’llanish sharoitida rivojlanmoqda. Adabiy P.t. avval nisbatan kam me’yor- langan va rasmiy hujjatlar doirasi- da, ijtimoiy-siyosiy amaliyotda kam qo’llangan, lekin uning qo’llanish do- irasi tobora kengayib bormoqda: tilni me’yorlashtirish choralari ko’rilmoqda, izohli va ikki tilli lug’atlar, so’z va grammatik shakllarni me’yoriy qo’llashga doyr maxsus ishlar chop etilmoqda, ter- minologiya shakllantirilmoqda va sh.k. P.t. Arab-fors yozuvidan unga P.t.ga xos bo’lgan tovushlarni ifodalovchi harflarni qo’shish yo’li b-n foydalana- Di. Dastlabki yozma manbalari 16-a.ga ta- allukli. Anvar Ismoilov, Ahmadjon Quronbekov.