Po’lat mo’min
Po’lat mo’min (taxallusi; asl ism-sharifi Mo’minov Po’lat) (1922.24.12— Toshkent — 2004.2.3) — bolalar shoi-ri. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1992). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), so’ng Nizomiy no-midagi Toshkent pedagogi- ka in-tini tugatib (1944), o’qituvchilik b-n shu-g’ullangan (1944-47). «Lenin uchquni» gaz.da adabiy xodim (1948-50), O’zbekiston davlat nashriyotida bo’lim mu-diri (1951-52), respublika yozuv- chilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1954-60), Madaniyat vazirligi krshi- dagi san’at ishlari boshkarmasida dra- maturgiya bo’yicha bosh muharrir (1962— 64). Ilk she’rlar to’plami — «Sayrang, kushlar (1949). Shundan keyin uning «Tong kuylari» (1949), «Oltin bo- Shokdar» (1951), «tish cho’tkasi ertagi» (1955), «hunardan unar» (1958), «to’g’ri o’sgan gul bo’lur» (1960), «aql qaerda bo’lar» (1962), «Oltin nay» (1967), «yax- shilarga o’xshasam» (1968), «rahmatga rahmat!»(1969), «eson va omon» (1973), «Ertaqdan ertakka» (1989), «er-taklar yaxshilikka etaklar» (1984), «yurak zavqu dardlarim, aytar baytu fardlarim» (1993), «bug’doy bobo» (1995), «bola- jon, bolajonim» (2003) va b. bolalarga bag’ishlangan she’r va ertaklardan ibo- rat to’plamlari, «kul-Di xiyol» (1964), «Gul va piyoz» (1971), «qo’shiq aytib» (1985) singari qo’shiqlardan tashkil top- gan kitoblari nashr etilgan. P. M. mum- toz o’zbek adabiyoti an’analarini davom ettirib, g’azal, tuyuq, fard janrlarida ham ko’plab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qo’shiqlari g’azal janrida yozil- gan. P. M.ning bolalar hayotidan olin- gan «Qovoqvoy b-n Chanoqvoy», «Suqatoy va Konfetvoy» (1970), «Bahodirning botirligi» (1972), «ona bolam dey- Di, bola onam deydi» (1975), «oq fil yo’qoldi» (1983), «tuyakush-boyaqish» (1987) pesalari respublika teatrlari- da sahnalashtirilgan. A. S Pushkin, V. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va b. rus yozuvchilarining bola- larga bag’ishlangan asarlarini o’zbek ti- liga tarjima qilgan. «El-yurt hurmati» ordeni b-n mukofotlangan (1998). As: Ibn shifo — ulashar davo, T., 2003.