Pushti kishmish
Pushti kishmish, qizil kish- mish, pushti Erevani, Vardagubi kish- mish, Karshir kishmishi — o’rtapishar xo’raki uzum navi. G’arbiy Osiyoda yara- tilgan. O’zbekistonga Armanistondan keltirilgan. Sharkay ekologik-geogra- FIK navlar guruhiga kiradi. Tupi kuch- li o’sadi. Bargi o’rtacha kattalikda yoki yirik, yumaloq, 3-5 bo’lmali, och yashil tusda, silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, vazni 230-250 g, ayrim- lari 1,0—1,5 kgkeladi, bandi qattiq, shakli tsilindrsimon (bo’yi 25, eni 15 sm), o’rtachazich. G’ujumi mayda (13×8 mm), yumaloq-oval, rangi pushti, ba’zan, to’la pishganda qizil. Etdor, sershira, po’sti yupqa. Tarkibida 24-27% qand, 5,2—6,4 g/l k-ta bor. Faol haro-rat yig’indisi 3300° da 135-140 kunda pishadi. Hosildorligi 100-150 ts/ga. Novdasi yaxshi etiladi. Oidiumdan kam zararla- nadi, sovuqqa chidami past. Asosan, yangi- ligida eyiladi va mayiz qili-nadi. 1959 y.dan O’zbekistonning barcha viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.