Prussiya
Prussiya (PreuBen) — davlat, so’ngra Germaniyadagi er (Federativ ma’muriy birlik; 1945 y.gacha). P.ning asosiy tarixiy o’zagi — Brandenburg 1618 y. Prussiya gersogligi (Tevton or- Deni tomonidan 1525 y. bosib olingan prus erlarining bir kismida vujudga kelgan) b-n Birlashgan. Brandenburg- Prussiya davlati 1701 y. P. qirolligiga aylangan (poytaxti — Berlin sh.). P. ning iqtisodiy va siyosiy hayotida Yun- kerlar rahbarlik rolini o’ynaganlar. Gogensol-lernlar sulolasidan chiqqan P. qirollari (Fridrix II va b.) 18-a. — 19-a. ning 1yarmida davlat hududini sezilarli darajada kengaytirgan. 1871 y. prus Yun- kerlari Bismark boshchiligida «temir va kon» b-n Germaniyani prus-militaristik asosda birlashtirilishini yakunlashgan; P. qiroli ayni vaktda Germaniya impera- tori bo’lgan. Germaniyadagi 1918 y. noyab. inqilobi nati-jasida P.dagi monarxiya barxam topgan. P. Germaniya erlaridan biriga aylangan. 2-jahon urushida FA- shistik Germaniya tormor keltirilgach, P. hududi ayrim erlarga taqsimlangan (1945); 1947 y. Germaniyadagi Kontrol kengash P. davlatini militarizm va re- aktsiya ning beshigi sifatida yo’q kilin- ganligi haqida qonun qabul qilgan.