Psixika

Psixika (Yun. psychikos — ruhiy), ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususi- yati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va b. sub’ektiv obrazlarda aks etadi. P. materiyaga nis- batan ikkilamchi, xreila. Bu P.ning mav- judlik usuli (P. miya xususiyati)da va uning mazmuni (P. — ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi)da ko’rinadi. P. Mate- riya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlik- ning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo bo’lishi b-n vujudga kelgan. Tirik mavju-dotning morfolo- gik-fiziologik tuzilishi murakkabla- shuvi, unda nerv si-stemasining vujudga kelishi va taraq-qiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shaklla- nishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. P.ning o’ziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. P. — sub’ek- tivlik b-n ob’ektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan sub’ektga xos bo’lib, uning individual xususiyat- lari b-n bog’langandir. Ayni vaqtda P. ob’ektiv olamning muayyan manzarasi- ni yaratuvchi miya in’ikos faoliyatining Real jarayoni sifatida ob’ektiv-dir. P. psixik jarayonlar, holatlar va inson- ning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. P. rivojining oliy shakli — inson P.sidir. Uning paydo bo’lishi va rivojlanishida insonga xos bo’lgan atrofdagi olam b-n o’zaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol o’ynagan. Inson P.si faqat biolo- gik taraqqiyotning emas, ijtimoiy-ta- rixiy taraq-qiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat inson-gagina xos P. shakli — oyagni Vu- judga keltirdi. Inson P.sining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va b.ni oldindan ko’ra bilish va o’zi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson ob’ektiv voqelikdagi predmet- lar va hodisalarni tajribaga asosla- nib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro ta’si- ri yotadi. P.ning muhim tomoni uning ref-lektorlik tabiati, ya’ni reflekslar hosil bo’lishi, bu jarayonning to’xtov-siz va qat’iy kechishidir. Real P. faoliyat ko’rinishida mavjud. Faoliyatda u shak- llanadi, namoyon bo’ladi va bilib olina- Di. Inson P.sining shakllanishida ta’- lim va tarbiya muhim rol o’ynaydi. Ta’- lim va mehnat jarayonida har bir shaxs P.sining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat to’plagan moddiy va ma’na-viy boyliklarni o’zlashtirishdan ibo-ratdir. P.ni psixologiya o’rganadi. Ergash G’oziev.