AEROLOGIK ASBOBLAR
AEROLOGIK ASBOBLAR — Aerologiyada qo’llaniladigan asbob-uskunalar. Havo bosimi, shamol tezligi, yo’nalishi va hokazolarni o’lchashda ishlatiladi. Muqim (stasionar) Aerologik asboblar yerga o’rnatiladi, ba’zilari ATM.ning tegishli qatlamlariga turli vositalar: vodorod yoki geliy to’lg’azilgan kauchuk sharlar, aerostatlar, stratostatlar, maxsus samolyotlar va geofizik raketalar yordamida ATM. ga ko’tariladi. Yerga o’rnatilgan Aerologik asboblar aerologik teodolit, radioteodolit, radiolokator ko’tarilgan Aerologik asboblardan kelayotgan axborotlarni qabul qiladi. ATM. ga ko’tarilgan Aerologik asboblar ATM.da ro’y berayotgan hodisalarni bevosita qayd qiladi. Eng aniq, murakkab va og’ir Aerologik asboblar —meteorograflar kuzatuvchi bilan birgalikda samolyotlarda, yengilroq Aerologik asboblar — avtomatik radiozondlar maxsus sharlar yordamida ko’tariladi (30-35 kilometrgacha). Ilmiy tadqiqot maqsadlarida bulutning yuqori va pastki chegarasi, bulut tarkibidagi suv miqdori, ozon, turbulentlik, elektr potentsial va boshqalarni o’lchash zarur bo’lganda maxsus Aerologik asboblardan foydalaniladi.