Proektsiya

Proektsiya (lot. projectus — ol- dinga irg’itilgan) — biror narsaning tekislik (qog’oz)ga tushirilgan tasviri. Mas, fazodagi A nuqtani P’ tekisligiga proektsiyalash uchun P. markazi S orkali P’ tekislik b-n L nuqtada ke-sishguncha SA to’g’ri chizig’i o’tkaziladi. A’ nuqta A ning P.si deyiladi. Biror G’shaklning proektsiyasi uning barcha nuqtalarini proektsiyalab topiladi. P. markazidan o’tmaydigan to’g’ri chiziq ko’rinishida proektsiyalanadi. Hosil qilingan P. Markaziy yoki konus P. deyiladi. P. markazi fazoning cheksiz uzoqlikdagi nuqtasi £°= da bo’lsa, barcha Pro-ektsiyalovchi to’g’ri chiziqlar parallel bo’ladi va P. parallel yoki tsilindrik P. deyiladi. Chizmachiliqda parallel proek- tsiyalashning xususiy turi qo’llaniladi. Bunda proektsiyalash tekisligi Pro- ektsiyalash yo’nalishiga perpendikulyar joylashadi. Bunday P. to’g’ri burchakli yokiortogonal P. deyiladi. Markaziy va parallel P.lar chizma geometriyada keng qo’lla-niladi.