Pomidor

Pomidor (ital. pomudoro, porno d’oro — oltin olma) (Lucopersicon) — ituzumdoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’tsimon o’simliklar va yarim butalar turkumi, sabzavot ekini. 3, ba’- zi ma’lumotlarga ko’ra 7 turi mavjud. Oddiy — eyiladigan P. (L.eskulentum) jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda (ochiq va himoyalangan erlarda) ekiladi. Jahon bo’yicha ekin maydoni 3,5 mln.ga, hosildorligi 268,6 ts/ga, yalpi hosili 95,1 mln. t. (1999). Vatani — Jan. Ame- Rika. Evropaga 16-a. o’rtalarida (dastlab Ispaniya, Portugaliya, Italiya-ga) olib kelingan. O’rta Osiyoga 18-a. oxirlari — 19-a. boshlarida Rossiya orqali kelgan, bir yillik ekin tar-zida ekiladi. P. issiktalab va yorug’sevar, qurg’oqchilikka chidamli o’simlik. O’sish uchun eng maqbul harorat 20-25°. Urug’i 13-15° da 4-5 kunda una boshlaydi. 5-12 barg chiqqanda hosil shoxlari shakllanadi, dastlabki gullari paydo bo’ladi. Gullagandan keyin ertapishari 48-53, o’rtapishari 60-65, kechpishari 68-72 kun va undan ko’proq muddatda pishadi. Harorat 15° dan pastda gulla- maydi, 10° dan pastda o’sishdan to’xtaydi, 1-2° qorasovuqlarda no-bud bo’ladi. P. mevasida (%) quruq moddalar 4,5—8,1, organik kislotalar 3,5— 8,5, pectin moddalar 0,13—0,23, kand 3-7, shuning- dek, mineral tuzlar, S, V, RR vitaminlar bor. Yangiligicha, kon-servalangan, pasta, qoqi va b. holida is-te’mol kilinadi, Konserva sanoatida P. sharbati, pastasi ishlab chikariladi. O’zbekiston sharoitlarida ko’chatlari parniklarda etishtirilib, so’ngra dala- ga ekiladi. Ertagi P. ko’chati 10-25 apr. da, kechkisi 25 apr. — 10 mayda egatlarga, ko’pincha, ikki qator qilib o’tqaziladi. Past va guj usadigan navlar kator ora- ligi 140-160, ko’chat oralig’i 25-30 sm; baland va yoyiq o’sadigan navlar qator oralig’i 180-210, ko’chat oralig’i 40 sm qilib ekiladi. Past bo’yli navlarini 70×70 sm sxemada kvadrat-uyalab eksa ham bo’ladi. Dehqonchilik zonasi, navi va ekish sxemasiga qarab 1 ga maydonga 25— 50 ming tup ko’chat o’tqaziladi. Ko’pincha ko’chat o’tqazish oldidan yoki o’tqazilgandan keyin sug’oriladi. Qator oralari ish- lanadi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash olib boriladi. Mavsumda bir necha marta chopiq qili-nadi. Ko’chat o’tqazilgandan 10-12 kun o’tgach birin- chi, 20-25 kundan so’ng ikkinchi chopiq qilinadi. Meva tukkuncha har 10-12 kunda, yoppasiga pishganda har 3-5 kun- da sug’oriladi. Gektaridan o’rtacha 250— 300 ts (issiqxonalarda 1 m2 dan 12-15 kg) hosil olinadi. P. ekiladigan erga kuzda gektariga 20— 30 t go’ng solina- Di. O’suv davrida 2-3 marta o’g’itlar b-n oziklantiriladi. O’zbekistonda P.ning ochiq maydonda 25 ga yaqin (Volgograd 5/95, Vostok 36, Namuna 70, Peremoga 165, sovg’a, Surxon 142, Toshkent tongi, Uzbekistan, TMK-22, Bahodir, Tristar G’, va b.), issiqxonalarda 10 dan ortiq (Gulqand, Kolibra G’,, Subhidam, Omad G’,, Gamayun va b.) navlari ekish uchun r-nlashtirilgan (2003). Kasalliklari : virusli kasalliklar- dan stolbur, zamburug’li kasalliklardan barglarning qo’ng’ir dog’lanishi, alter- narioz, ildiz chirishi, barglarning oq dog’lanishi; meva uchining chirishi va b. Zararkunandalari : buzoqboshilar, simqurtlar, karadrina, poliz tunlami, g’alla nematodasi va b. Ad.: Bo’riev H., Abdullaev A., Tomorqa sabzavotchiligi, T., 1987. Rafiqjon Hakimov.