Poliploidiya
Poliploidiya (poli… va Yun. eidos — ko’rinish, shakl) — tirik orga- nizmlar hujayrasidagi xromosomalari sonining ularning gaploid miqdoriga nisbatan 3 yoki undan ko’proq marta oshib ketishi. Bunday hujayra yoki undan ri- vojlangan organizm poliploid deyila- Di. Xromosomalar soni 3 marta oshgani- da triploid, 4 marta oshganida tetraplo- ID deyiladi. Poliploid organizm ota- ona organizmga nisbatan yirik va kuchli bo’ladi. P. o’simliklar orasida keng Tap-kalgan; madaniy o’simliklar, odatda, poliploid bo’ladi. P. hayvonlar orasi- da ayrim qisqichbaqasimonlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, as-karidalarda uchraydi. Sun’iy P. yuqori harorat, nur- lanish, kimyoviy moddalar (kolxisin va b.) ta’sir et-tirib hosil qilinadi. P. katta amaliy ahamiyatga ega. Poliploid o’simliklar yirik va serhosil bo’ladi. P. dan o’simlik navlari xususiyatini yax- shilash, yirik va serhosil navlar etish- tirishda keng foydalaniladi. Rus olimi B. L. Astaurov tut ipak qurti ikki xil zotining duragaylaridan serpusht tetraploid zotni etish-tirgan. Ana shu asosda Astaurov ayrim jinsli hayvonlarning poliploid formalari partenogenez va gibridizasiya usuli b-n kelib chiqishi mumkinligini amalda is- bot qildi.