AEROMAGNITOMEGR

AEROMAGNITOMEGR – yerning magnit maydonini samolyot va boshqalar uchish apparatlaridan o’lchash uchun ishlatiladigan asbob. Ikki turi — induktsion va ferrozondli Aeromagnitomegr qo’llaniladi. Induktsion Aeromagnitomegrlarda o’z o’qi atrofida aylanadigan simlar o’ralgan g’altak sezgir o’lchovchi element vazifasini bajaradi. Bu Aeromagnitomegrlar yer magnit maydoni kuchlanishining to’liq qiymatini o’lchashda qo’llaniladi. Ferrozondli Aeromagnitomegrlarda magnit jihatdan yumshoq qotishmalardan yasalgan temir o’qida magnit to’yinish holati hosil bo’lishi natijasida yer magnit maydoni kuchlanishining to’liq qiymati o’lchanadi. O’qi magnit jihatdan yumshoq qotishmadan yasaladi, o’zi induktsiyalanuvchi g’altak sezgir element vazifasini bajaradi. Bu sezgir element o’lchash vaqtida avtomatik ravishda er magnit maydonining to’liq vektori yo’nalishiga moslanadi. Samolyot magnit ta’siridan qutulishi uchun Aeromagnitomegr gondolada samolyotga shatak qilinadi. Aeromagnitomegr temir konlarini, neft va gaz konlarini AMM-13 markali ferrozondli aeromagniton izlashda qo’llaniladi.