Pleonazm

Pleonazm (Yun. pleonasmos — ortiqchalik) — bir xil yoki sinonimik ifoda vositalarining (til birliklari- ning) semantik jihatdan takror holda qo’llanishi. P. tejamlilik prin-tsipiga zid hodisadir. Biroq shunga qaramay u uslubiy vazifa bajarishga asoslanadi. Pleonastik qo’llanish uchun shakliy ta- kror asosiy mezon bo’la olmaydi, balki mavjud ma’noning qay-ta takrorlanishi asosdir. Nutkda takrorlanayotgan bir- liklarning turi (qo’shimcha, so’z, gap)ga qarab, P.ni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Leksik P.lar; 2. Semantik P.lar; 3. Affiksal P.lar; 4. Leksik-af- fiksal P.lar. 5. Sintaktik P.lar. Agar sinonim yoki semantik jihatdan yaqin bo’lgan so’zlar leksik birlik sifa- tida birikib, o’zaro aniklovchi — ani- klanmish munosabatida bo’lsa, ular lek- sik P.lar hisoblanadi: ko’tshak it, tuz namak, interval oralig’i, mayda mikro- blar kabi. Bunday tavtologik xarakter- dagi P.lar ko’pincha o’zlashma so’zning ma’nosini to’la anglamaslik yoki hisobga olmaslik natijasida unga shu so’zning O’zbekcha sinonimini qo’shish tufayli vujudga keladi. Ba’zi leksik P.larda aynan bir tushunchaning takrori mav- jud bo’lsada, o’zlashma so’z semantikasi- da ma’no siljishi ro’y beradi: bosh-oyoq sarpo (forscha «sar-po» — bosh-oyoq), lahm go’sht (Arab. «lahm» — go’sht). O’zbek tilida semantik P. ham keng tarqalgan: oyoq b-n tepmoq, ko’z b-n ko’rmoq, qari chol, maxfiy sir kabi (te- pish oyoq orqali, ko’rish ko’z orqali so- dir bo’lishi; chol bo’lgach, uning qariligi, sir bo’lgandan keyin maxfiyligi aniq narsa). Mazkur misollardagi semantik ortiqchaliklar nutkda ta’sirchanlikni, ta’kidni oshirish maqsadlariga xizmat qiladi. Affiksal P.lar qo’shimchalarning takrorlanishi natijasida vujudga ke- ladi: kuylashaylikkuylaylik, Ko’kim- tirroq (-imtir va roq), singlisi (-i va -si) va b. Leksik-affiksal P.larda o’zak-negiz anglatgan ma’no qo’shimcha orqali yana takror ifodalanadi. Mas, to’qayzor, o’rmonzor so’zlarining o’zagida o’rin ma’nosi ham, jamlik ma’nosi ham anglashiladi. Kulolchi, omborxo- na, yotoqxona so’zlarida ham pleonastic qo’llanish kuzatiladi. Bunday hollarda pleonastik qo’llanishga hojat yo’q. Til doimo o’ta aniqlikka intilar ekan, unda ortiqchalikning yuzaga kelishi tabiiy- dir. Ortiqchaliklar esa ko’pincha uslubiy vazifa uchun xizmat qiladi. Tavtologiya ham P.ning bir ko’rinishi hisoblanadi. Ne’mat Mahkamov.