Plutoniy

Plutoniy (lot. Plutonium), Pu — sun’iy yo’l b-n olingan, aktinoid- lar guruhiga mansub radioaktiv kimyo- viy element. Tartib raqami 94, at.m. 244,0642. P.ning barqaror izotoplari yo’q; uning massa sonlari 232 dan 246 gacha bo’lgan 15 ta radioaktiv izotopi ma’lum. P.ning ahamiyatga ega izotopi 244ri(T1/2=8,26-107 y.)dir. P. 1940- 41 y.larda amerikalik olim g. Siborg rahbarligida uranni og’ir vodorod — deytronlar b-n nurlantirib olingan. P.ning nomi Pluton planetasi shara — figa qo’yilgan. Uranni a — zarrachalar b-n bombardimon qilib, P.ning engil izoto- plari olingan. Uranni ney-tronlar b-n yoritganda, uran neytronlarni ketma-ket qamrab olishi nati-jasida P.ning og’ir izotoplari hosil bo’ladi. P. barcha izo- toplari yarim emirilish davrining mud- dati erning yoshidan anchagina kichik, shu- ning uchun barcha boshlangich P. (Er plane- tasi tashkil topayotganda mavjud bo’lgan) butunlay parchalanib ketgan. P. yaltiroq oq metall. Sutoklanish t-rasi 640°, qaynash t-rasi 3352°, zich- ligi 19,86 g/sm3, atom radiusi 1D62A. P.ning kimyoviy xossalari uran va neptu- niyning xossalariga o’xshash. P. kimyoviy faol element. O’z birikmalarida 3, 4, 5 va 6 valentli. P. kislorodda yondirilsa, uning eng barqaror OK-sidi rio2 hosil bo’ladi. P. vodorodni yutish xossasiga ega. Boshqa metallar va metallmaslar b-n birikmalar hosil qiladi. P.ning sanoatda ishlab chiqarilishi yadro reaktorlarida 238U yadrosiga ney- tronlar ta’sir ettirishga asoslangan. P., odatda, PuF3, PuF4 yoki PuO2 ni ba- riy, kaltsiy yoki litiy bug’lari b-n qaytarib olinadi. P. nihoyatda za-harli. Organizmga kirganida chiqib ketmaydi, suyakka o’tib, yig’iladi. P.ni ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish kerak.