Pista

Pista (Pistacia), xandon pista — pistadoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxtlar turkumi, yong’oqmevali da- raxt. 300 yilgacha yashaydi. 20 dan ortiq turi bor. Jan. Evropa, G’arbiy, O’rta va Shar-qiy Osiyoda, shim., Sharqiy Afri- ka va Markaziy Amerikada o’sadi. O’rta Osiyoda yovvoyi hodda o’sadigan chin P. (P. vera) va to’mtoq bargli P. (P. mutica) turlari bor. Bo’yi 2,5—10 m, shox-shab- basi tarqoq, 10-12 m kenglikda. P. ikki uyli o’simlik, -40° sovuqqa chidaydi. Apr.—may boshlarida dastlab erkak, so’ngra urg’ochi daraxtlari gullaydi, guli murakkab ro’vaksimon to’pguldan iborat, shamol yordamida changalanadi. Mevasi bir urug’li danak (pista). Pi- Stasi avg.— sent. pishadi. Qobig’i yupqa, qattiq, etilganda ba’zan uchidan yorila- Di. Mag’zi yashil, mazali, tarkibida 63% gacha moy, 22% oqsil, 7% gacha uglevodlar, V guruhi vitaminlari, A provitamini bor; asosan, qovurilgan holda eyila- Di, qandolatchilikda ishlatiladi. P. lalmi erlarda 10-12, sug’orma erlar- da 7-8-yili hosilga kiradi. Yovvoyi holdagilari 15 kg gacha, payvand qilingan 8-10-yillik daraxtlari 30-45 kg meva beradi. P. barglarida paydo bo’ladigan g’udda-bujg’-unlarda tannid (30-40%), bo’yoq mod-dalari bor. P. Qurg’oqchilikka chidamli. Urug’idan va payvandlab, Bach- kisidan parxish qilib ko’paytiriladi. P. yog’ochi duradgorlikda qadrlanadi. O’zbekistonda P. ni ekib o’stirish ishla- ri 1937 y.dan Bobotog’ (Surxondaryo vilo- yati) tog’larida boshlangan, Kattaqo’rg’on suv ombori atroflarida 2 ming ga dan ortiq P.zorlar tashkil etilgan. Respu- blikada urug’idan ekib o’stirilgan P. zor- larning umumiy maydoni 80 ming ga dan ko’proq (2003). O’zbekiston o’rmonchilik i.t. in-tida, P.ning 6 navi yara-tilgan, 30 dan ortiq P. navlari kollektsiyasi barpo etilgan. Asosiy zararkunandalari: P. qurti va P. qalqondori. Ad.: Popov K.P., Fistashka v Sredney Azii, Ashxabad, 1979. Abdushukur Xonazarov.