Plakat
Plakat (nem. Plakat, Frans. Placard — e’lon, Afisha) — grafika turi; kat- ta varaqqa ishlangan tasviriy san’- at asari. Qisqa matn ilova qilinadi; tashviqot, reklama, informasiya va o’quv- ta’lim maqsadlariga xizmat qiladi. Za- monaviy P., odatda, rassom yaratgan asl nusxadan bosmaxonada ko’paytiriladi. Olisdan ko’zga yaqqol tashlanishi, o’ta ta’sirchanligi, ommabopligi, tasviri- ning kinoyalarga boyligi, xammabop RAM- zlar ishlatilishi, turli hajmdagi shak- llarni qiyoslash, umumlashma tasviriy shakllardan foydalanish kabi o’ziga xos badiiy vositalari b-n boshqa axborat manbalaridan farqqiladi. Bunda shrift va matnning joylanishi, shartli ranglar (yorqin bezaklar) qo’llanilishi muxim rol o’ynaydy. Tasviriy vosita sifatida ba’zan fotografiya (mustaqil tarzda yoki rasm, rang-tasvir b-n) ishlatiladi. 19-a. 2yarmidan G’arbiy Evropada re- klama ko’rinishidagi P. yuzaga kelgan. Bungacha katta hajmdagi tashviqiy gra- vyura ba’zan P. deb atalgan. P. ijtimo- iy — siyosiy hayot, xalq xo’jaligi, madaniy vazifalar b-n bog’liq xrlda rivojlandi. 1900-y.lar boshlarida siyosiy P. yuzaga keldi, demokratik harakat va tinchlik uchun kurash soha-sida katta yutuklarga erishildi. 1910 y.dan kitob-jur. grafi- kasidan uzokdashib, dastgoh grafikasi- ga yakinlashgan P. rangtasvir, grafika, foto san’ati b-n ko’proq bog’landi. 20-a. da P. tashvi-qotning jangovar quroliga aylandi. 2-jahon urushi yillarida o’ta ta’sirchan vositaga aylangan bo’lsa, hoz. kunda tinchlik uchun kurashda, jamiyat hayotida uch-rab turadigan kamchiliklar- ni bartaraf etishda va b.da muxim rol o’ynamoqda. O’zbekistonda P. 19-a. oxiri 20- a. boshlarida paydo bo’ldi, 20-a. 20-y. laridan keng tarqaldi. Dastlabki yillarda asosan qo’lda ishlangan va ko’paytirilgan P. va hajviy rasmlar keng qo’llanilgan. Bosma P. 1923— 24-y. lardan chop etila boshlandi. Usta Nabi Hafizov, M.Kurzin, V.Ufimtsev, V. Kaydalov va b. samarali ijod qildi. 2-jahon urushi yillarida P. etakchi o’rinni egalladi. P.chirassomlar uyush- masi tuzildi, O’zTAG oynasi tashkil etildi (1941). P.da so’nggi yangiliklar va muhim voqealar o’z AK-sini topdi. 60— 80-y.larda A.Balkanov, V.M.Gromiko, F.Kagarov, V.Evenko, T.Tkachev va b. ras- somlarning tinchlik, axloq, iqtisod, ma- Daniy ma’rifiy mavzulardagi asarlari yaratildi. Jumladan, F.Kagarovning tinchlik mavzu-idagi P.lari xalqaro an- jumanlarning ramziga aylandi. Rassom- larning ijo-diy izlanishlari tufayli P. O’zbekistonda tasviriy san’atning eng ta’sirchan ommabop turiga aylandi (A.A.Ziyoev, T.A.Toxtarova, X.Hasanov, N.Hakimov, N. Husanov, I.Abdullaev, A.Nurqobilov va b.). Axborot texnologiyasining rivoj- lanishi, poligrafiya ishlarining yangi- lanishi hamda xayotga keng ko’lamda kom — pyuter grafikasining kirib kelishi P.ning yangi imkoniyatlarini izlashni talab qiladi.