Pillaxona
Pillaxona — pillachilik xo’jaliklarida etishtiriladigan pil- lalarni amaldagi davlat standartlari asosida qabul qilib olish, dastlabki ishlov berish, ularni saqlash va belgi- langan sharoitda pillakashlik korxo- nalari va b. sotish vazifalarini ba- jaradigan muassasa. O’zbekistonda har bir tumanda yoki tumanlararo tartibda tashkil etilgan. Tuman P.si mutaxassis- lari xo’jaliklarda ipak qurti tuxum — larini inkubasiya qilish, qurt boqish, tutzor va yakka qator tutlarni parvarish- lashda agrotexnikaviy jihatdan yordam ko’rsatadilar. Etishtirilgan pillalar sifatini baholash va bir me’yorda qabul qilib olishni tashkil etish maqsadida tu- man hududida bir necha qabul punktla- ri tashkil etilishi mumkin. P.larda va joylardagi kabul punktlarida pilla- chilardan tirik (g’umbagi jonsizlan-ti- rilmagan) pillalarni qabul qilish, top- shirilayotgan pillalar VAZ-nini va sifat ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni vaqtincha saqlash, qabul qilingan pilla- lar g’umbaklarini jon-sizlantirish (xom pilla) va uni ko’p qavatli so’kchaklarda 8-10 sm qalinlikda yoyib quritish (xom pilla tarkibida 70° gacha namlik bo’ladi; quri-tish davomida tirik pilla vaznining 35% qoladi) va b. ishlar ba- jariladi. Quritilgan pillalar davlat standartlari asosida pillakashlik kor- xonalariga sotiladi. O’zbekistonda 122 ta P. (tuman «pilla» aktsiyadorlik ja- miyatlari) ishlaydi (2003). Ubaydulla Nasrillaev.