PARAGENEZIS
PARAGENEZIS (para… va genezis), minerallar paragenezisi — hosil bo’lish sharoiti umumiyligi b-n o’zaro bog’liq bo’lgan va er po’stida qonuniyatli birga uchraydigan minerallar. «P.»terminini 1849 y. I. Breytgaupt taklif qilgan. «P.»tushunchasi 1920-y.larda V. I. Ver- nadskiy asarlarida rivojlantirildi. Paragenetik assosiasiya ni shak- llantiruvchi minerallar mineral hosil bo’lishidagi davomiyligi turlicha bo’lgan vaqt ichida va har xil fizik-ki- myoviy va termodinamik sharoitlarda kechuvchi birorta tabiiy jara-Yonning ri- vojlanishi natijasida Vu-judga keladi. Ko’p hollarda, minerallarning birgina paragenetik assosiasiyasining o’zida bi- rorta mi-neralning turli vaqtda hosil bo’lgan alohida bo’laklari kuzatiladi. Turli yoshdagi bunday minerallar ular- ning generasiyasi deyiladi. Kimyoviy muhit, uning geologik rivojlanishi, termodinamik sharoitlar va b. mineral- lar parageneziyasini belgilovchi muhim omillar hisoblanadi. O’xshash sharoit- larda vujudga kelgan minerallar para- genetik qatorlar ni hosil qiladi. Bular turli konlarda krnuniyatli takrorlana- Di. Minerallarning shunday katorlari- ga magmatik tog’jinslari, pegmatitlar, kimberlitlar, gidrotermal ruda tomir- lari, rangli metallar rudasi konlari zona-sidagi minerallar assosiasiyasi misol bo’ladi. Minerallar parageneziyasi mineral- lar hosil bo’lishida ishtirok etuvchi ele- mentlar paragenezisi b-n uzviy bog’liq. P.ni o’rganish foydali qazilmalarni iz- lashda katta amaliy ahamiyati bor, chunki assosiasiyada bir mi-neralning uchrashi yo’ldosh mineralning borligidan darak beradi.