PEROVSKIY EKSPEDISIYASI

PEROVSKIY EKSPEDISIYASI — Rossiya tomonidan Xiva xonligini bosib olish maqsadida uyushtirilgan har-biy ekspedisiya (1839-40). 1835 y. Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy im- perator Nikolay I (1825— 55) ga maxsus xat yo’llab, unda Xiva xonlari go’yoki uzok, yillardan beri rus davlatiga dushmanlik qilayotganligi, rus savdo karvonlari- ni talab, rus asirlariga shafqatsizlik qilayotganliklarini ta’kidlagan. Im- perator 1837 y. Xiva xonligini bo- sib olish haqida Perovskiyga farmon beradi. Perovskiy qo’mondonligidagi qo’shin 1839 y. 14 noyab.da Xivaga qarab yo’lga chiqib, 19 dek.da Emba qal’asiga kelib o’rnashgan. Boshlangan qattiq sovuq va kuchli bo’ron rus askarlarini og’ir ahvolga solib, tuya va otlarni bo- qishni nixryatda qiyinlashtirgan. Rus qo’shinlarining kelayotganligidan xabar topgan Xiva xoni Olloqulixon cho’chqa- ko’lga kelib joylashgan rus qo’shinlariga qarshi Otamurod qo’shbegini 8 ming qo’shin b-n yuborgan. Xon qo’shinlari qishning qattikligiga qaramay rus qo’shinlari ustiga tashlangan. Jangda har ikki tomon talafot ko’rib, jangni davom ettirish imkoni bo’lmagach, xon qo’shinlari Xivaga kaytarilgan. Perov- skiy ham o’z qo’shinlarini 1840 y. Fev.da Orenburgga qaytarishga majbur bo’ladi. P.e.da rus qo’shinlaridan 1054 kishi xalok bo’lgan. 10 ming tuya va 8 ming ot yo’qotilgan, juda ko’plab odamlarni sovuqurgan. Bu bosqinchilik yurishidan Rusiya davlati 1 mln. 700 ming so’m zarar ko’rgan. Xiva xonligiga qayta yurishdan umidini uzmagan Nikolay I 1840 y. 30 yanv.da harbiy yurishni zudlik b-n Kay-ta amalga oshirish haqida general Perov- skiyga ko’rsatma bergan. Bu yurish ko’lami avvalgisidan 3-4 marta katta bo’lishi kerak edi. Lekin, chor hukuma-tida yuzaga kelgan og’ir vaziyat bu yurishning amalga oshirilishiga imkon bermagan. Nazirjon Tojiboev.