Patologiya
Patologiya (Yun. pathos — kasal- lik va ..logiya) — nazariy va klinik tib- biyot sohasi; kasallikning paydo bo’lish sa-babi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va okibatini o’rganadi. Patologik ja- rayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari umumiy P.da, ayrim a’zo va sistemalar kasalliklari xususiy P.da o’rganiladi. P. patologik anatomiya va patologik fiziologiyata bo’li-nadi. Bun- dan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik P., o’lka P.si, Paleo-patologiya, shuningdek, kimyoviy va fizikkimyoviy, professional, molekulyar va b. Plar bor. Eksperimental P. odamlar (xayvonlar) da uchraydigan kasalliklarni tajri- ba hayvonlarida sun’iy yo’l b-n paydo qilib, uning avj olish mexanizmlarini, qiyosiy P. odam va hayvonlarda uchray- digan kasalliklarning kechishi va ri- vojlanishidagi xususiyatlarni qiyoslab o’rganadi. Klinik P. a’zo va sistema- larning funktsional holatini aniklash maqsadida bemorni tekshiradi, shuning- dek, kliniklab., biokimyoviy va b. tekshi- ruvlar o’tkazadi; o’lka P.si kasallikni turar joyning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq holda o’rganadi; i. ch.dagi zararli ta’sir etuvchi omillarni o’rga-nadigan kasb P.si ham bor. 19-a.ning o’rtalarida nemis oli- mi R. Virxov asos solgan tsellyulyar P. (hujayra P.si) nazariyasiga ko’ra, kasal- lik hujayra va a’zolarning tuzilishi- dagi o’zgarishlar oqibatidir. Bu kasal- lik mohiyatini o’rganishda o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. O’zbekistonda P. sohadagi i.tlar dastlab 20-a.ning 20-y.larida boshlandi. Bunda o’lka P.siga oid muhim vazifa- lar ishlab chiqiddi. P.ga oid masalalar 2-ToshTIda 1998 y.dan chop etiladigan «Patologiya» jur.da yoritib boriladi.