«Murodxon»

«Murodxon» — «Rustamxon» tur- kumi dostonlaridan. Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olinib, nashr etilgan. Turkum 5 Doston («Sultonxon», «Mu- rodxon», «Oftob pari», «Rustamxon», «Rustamning yaralanishi»)dan iborat. Unda Murodxonning boshiga davlat kushi qo’nib, Oqtosh eliga podsho bo’lishi, go’zal Orzigulga oshiq bo’lib, uni izla- shidagi sarguzashtlari, Orzigulni olib, yurtiga qaytishi voqealari tasvirlan- gan. «M.»da mardlik, vatanpar-varlik, adolat va haqiqatgo’ylik g’oyalari kuy- lanadi. Murodxon yorini izlab, safarga otlanarekan, o’zo’rniga qo’ygan otaliq. — bek va amaldorlardan mamlakatni adolat b-n boshqarishni, beva-bechoralarning holidan doim xabardor bo’lishni tayin- laydi. Bu narsa dostonda xalq ijodiga xos demokratik ruh yanada yorqin namoyon bo’lganligini ko’rsatadi.