Minorat

Minorat (lot. Minor — kichik) — ko’chmas mulkni meros qoldirish tizi- mi. Bunga ko’ra, vafot etgan kimsaning mol-mulki eng kichik o’g’il yoki aksariyat kichik qizga qoladi. Bu tartibda meros qoldirish qad. hind huquqiy to’plamlari, o’rta asrdagi huquqiy hujjatlarda qayd qilingan. M. mayoratning aksi bo’lib, asosan, dehqonlar muhitida va ko’proq aholining o’rta hol tabaqalari orasida uchraydigan vorislik tizimidir. 19-a. ning boshlarida Rossiya qonunida, agar kichik o’g’il otasi b-n tursa, u uy-joy va b. mulklarga merosxo’r bo’lgan. M. vorislik tartibi, mamlakatimizda ham avvaldan mavjud bo’lib, hoz. kungacha saqlanib qolgan. Buni biz deyarli barcha o’zbek xonadonlari misolida ko’rishimiz mumkin. Mac, xalqimiz odatiga binoan, ota-ona ko’pincha kichik o’g’il b-n yashay- dilar va ular o’z mol-mulklarini kenja farzandga qoldiradilar. M. hozirda Jan.-Sharqiy, Sharqiy Osiyo mamlakat- larida (oilaviy munosabatda matriar- xat qoldiklari kuchli saqlanib qolgan xalqlarda) uchrab turadi. Zahro Begmatova.