Masal

Masal (Arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Ta’limiy xarakterdagi, aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy shakldagi asar. M.da in- songa xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar orasidagi munosa- batlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz asosiga quriladi, komiklikning va ki-noyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunli- gi M.ga hajviy ruh bag’ishlaydi. M.ning hikoya qismi hayvonlar haqidagi er- taklar, novella yoki latifalarta yaqin bo’lib, xotimasi, ta’limiy xulosasi maqol, hikmatli so’z va iboralar tarzi- da bo’ladi. M. materiallari aksariyat er- tak, majoz, novella, latifa va b. da ham qo’llanishi mumkin. Ramzli hikoyadan farqli ravishda M.ning o’z an’anaviy obrazlar va motivlar doirasi mavjud bo’ladi (hayvonlar, o’simliklar, qushlar, muayyan tizimdagi odamlar va h.k.). M. janri unsurlari juda qadimdan ma’lum. Uning namunalari «Kalila va Dimna» (Panchatantra, 3-a.) tarkibida uchraydi. M.lar Farididdin Attor, Rumiy, Navo- iy asarlarida tamsil uchun ishlatilgan. Gulxaniy «Zarbulmasal» asarida M.dan mohirlik b-n foydalangan. Qad. Yunon adabiyotida Ezop (mil. 6-5-a.lar), Rim adabiyotida Fedr (mil. AV. 1-a.), frantsuz adabiyotida Lafonten (17-a.), rus adabi- yotida Krilov bu janrning etuk namo- yandalari sifatida Shuhrat qozonganlar. Rus adabiyotida D. Bedniy, S. Marshak, S. Mixalqov M.ning ajoyib namunalari- ni yaratdidar. Zamonaviy o’zbek adabiyo- tida S. Abduqahhor, O. Qo’chqorbekov, Ya. Qurbonov va b. M. janrini rivojlan- tirdilar.