Marjumak

Marjumak, grechixa (Fagopyrum) — torondoshlar oilasiga mansub o’tsimon o’simliklar turkumi; don eki- ni; 4-5 turi ma’lum. Vatani — O’rta va kichik Osiyo. Frantsiya, AQSh, ka- nada, Xitoy, Hindistonda ekma M. (F.esculentum) turi katta maydonlarga ekiladi, shuningdek, namsevar bo’lgani sababli Ukraina, Boshqirdi-ston, uzoq Sharqda yaxshi hosil olinadi. Bir yil- lik tatar M.i (F.tataricum) turi begona o’t tarzida uchraydi. Dehqonchilikda mil. AV. 3ming yillikdan boshlab ekiladi. M. bo’yi 50-150 sm ga boradi. Poyasi shoxlanadi, yalang’och, qirrali, qizg’ish- yashil. Gullari oq, pushti, qizil, asal hidli, qalqonsimon, yirik, nectar miqdori ko’p. Mevasi 3 qirrali, qo’ng’ir, qora yoki kulrang. Doni tarkibida 12— 18% oqsil, 59-62% azotsiz ekstrak- TIV moddalar, 2,5—2,7% moy bor; fos- for, organik kislotalarga boy. M. doni yuqori sifatli oziq-ovqat mahsuloti, sifat jihatidan bug’doy doniga yaqin. Donidan turli yormalar va un tayyorla- nadi. Chiqindilari chorva uchun ozuqa. M. namsevar, issiq-sevar, bahori ekin, nihollari — 2° qorasovuklarda zarar- lanadi. Vegetasiya davri 70-90 kun. Asalarilar yordamida changlanadi. Asal- shirali o’simliklarga kiradi (1 ga M. ekilgan maydondan 60 kg gacha asal olish mumkin). Bahorda tuproq yaxshi isigan- da oddiy qatorlab yoki keng qatorlab ekiladi. O’toqni o’z vaqtida o’tkazish hosildorlikni oshiradi. Gullash va don hosil qilish davrida sug’orish kerak. O’rim donlarning 2/3 qismi qo’ng’ir tusga kirganda boshlanadi (vaqtida o’rib olin- masa doni to’kilib ketadi. Tuproq unum- dorligiga qarab hosildorligi 30-44 ts/ ga. Zararkunandalari: simqurt, bit- lar; kasalliklari; kulrangchirish, zang, qorakuya. Ad.: Kargaltsev Yu. V., Truskov F. M., Grechixa, M., 1986. Ibrohimjon Halimov.