MARKAZII OSIYO HAMKORLIGI TASHKILOTI

MARKAZII OSIYO HAMKORLIGI TASHKILOTI — davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy tashkilot. 1993 y. iyul oyida O’zbekiston Respublikasi b-n Qozog’iston Respublikasi o’rtasida 1994-2000 y.larda iqtisodiy Integra- tsiyani chuqurlashtirish to’g’risida bitim imzolandi. Integrasiya jarayonlariga sharoitlar yaratish maqsadlarida 1994 y. 10 yanv.da O’zbekiston va Krzog’iston o’rtasida yagona iqtisodiy makon tashkil etish to’g’risida shart-noma tuzildi. Shar- tnomaga 1994 y. 16 yanv.da Qirg’iziston qo’shildi. 1996 y. 23 avg.da Olmaota sh.da o’tkazilgan davlatlararo kengash Majli- sida Rossiya Federasiyasi va Tojikiston Respublikasi kuzatuvchi (1998 y. 26 mart- dan a’zo) sifatida tashkilotga qabul qilindi. 1998 i. 17 iyulda Cho’lponota sh.da (Qirg’iziston) yagona iqtisodiy makonni tashkil etish to’g’risidagi shartnoma ishtirokchilari — Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy bir- lashmasi «Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati» nomini oldi. 1999 y.dan davlatlararo kengashda Gruziya, Turkiya, Ukraina kuzatuvchi maqomida ishtirok eta boshladi. Mintaqa mamlakatlari- ning yagona iqtisodiy makonni shakllan- tirish, mintaqa xavfsizligi va barka- rorligi masalalarida, mintaqa mamla- katlarining o’zaro hamkorligini yanada chuqurlashtirish, integrasion jarayon- larni, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijti- moiymadaniy va b. sohalarda o’zaro man- faatli xamkorlikni rivojlantirish- ning muhimligini xisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan hamjamiyat FA- oliyati doirasini kengaytirish va uni «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkilo- ti deb atash taklif etildi va bu taklif Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston Respublikalari davlat bosh- liklarining Toshkent bayonotida (2001 i. 28 dek.) o’z ifodasini topdi. Davlat bosh- liklarining Olmaota uchrashuvida (2002 y. 28 Fev.) «Markaziy Osiyo hamkorligi» (Moh) tashkilotini tuzish haqida shar- tnoma imzolandi. Milliy muvofiklash- tiruvchilar instituta tashkil etildi. Mohni tashkil etishning asosiy maqsadlari: qatnashuvchi mamlakat- larning manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika resurslaridan va suv xo’jaligi ob’ektlaridan rasional foydalanish; transport tizimining umummintaqaviy infratuzilmasini barpo etish (q. Evropa—Osiyo transport yo’lagi); ishlab chiqarish kooperasiyasi va savdo-iqtisodiy hamkorligini har tomonlama rivojlantirish; gumanitar sohada va ekologik muammolarni hal etishda o’zaro hamkorlik; mintaqa xavf- sizligini mustahkamlashda hamkorlikni kuchaytirish. 2002 y.da moh davlat boshliklari- ning 4 marta uchrashuvi bo’lib o’tdi (ol- maota — 28 Fev.; Oqtov — 6-7 iyul; Dushanba — 5-6 okt.; Ostona — 27 dek.). 2002 y. 18 noyabrda Toshkentda moh tashkiloti mamlakatlari parlamentla- ri a’zolarining davlatlar Qonunchilik bazalarini yaqinlashtirishga qaratilgan uchrashuvi, 2002 y. 28-29 noyabrda moh tashkilotiga a’zo davlatlar ishbilarmon doiralari va tadbirkorlarning Marka- ziy Osiyo hamkorligi — iqtisodiy in- tegrasiya jarayonlarini chuqurlashtirish mavzuida biznes forumi o’tkazildi. Moh tashkiloti doirasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tash- kil etilgan. Bahodir Xalilov, Sayfiddin Jo’raev.