Markovnikov qoidasi

Markovnikov qoidasi — no- simmetrik alkenlar yoki alkinlarga proton kislotalari yoki suv birikkan- da vodorod atomining ko’proq gidro- genlangan uglerod atomiga birikishi. 1869 y. V.V. Morkovnikov tomonidan e’lon qilingan. Mac, pentenga HCI ni biriktirilganda vodorod atomi ikki vodorod tutgan uglerod atomiga uchin- chi bo’lib, xlor atomi esa vodorod ato- mi tutmagan uglerod atomiga birikadi. Ushbu holat nosimmetrik uglevodorod molekulasida elektr zaryadining ba- ravar tarqalmasligi tufayli vujudga keladi. Qo’sh bog’ning qutblanishi na- tijasida manfiy zaryad ko’proq gidrid- langan uglerod atomi tomon siljiydi va musbat zaryadlangan vodorod atomini tortadi. Kamroq gidrogenlangan (musbat zaryadlangan) uglerod atomiga esa anion (keltirilgan reaktsiyalarda xlor atomi) tortiladi. M.q.ga muvofiq bunday re- aktsiyalar eng barqaror oraliq kation- lar hosil bo’ladigan yo’nalishda kechadi. Elektronoaktseptor effekti kattaroq o’rinbosarlar mavjud bo’lganda, mas, umumiy formulasi SN2=snx (bu erda X-CN, soon, SG’3) bo’lgan moddalarga galogenvodorodlar yoki suv biriktiril- ganda reaktsiyaning M.q.ga teskari Yuna- litshda amalga oshishi isbotlangan.