Marzbon

Marzbon, Marzubon (fors, marz — chegara, chiziq, ma’lum bir joy; bon — soqchi, qo’riqchi) — qad. Eron- da viloyat hukmdori unvoni. Dastlab M. istilohi chegaraga yondosh ma’mu- riy birlik hokimini ifodalash uchun qo’llanilgan. Arabcha, forscha vaturkiycha tarixiybadiiy asarlar matnida M. ko’zga tashlanadi. Eski arman obidalarida «Marzpan», «marzvan», suryoniy Yodgor- liklarida «Marzbono», «marza-Bono» fonetik shakllari qo’llanishda bo’lgan. Sosoniylar Eronida chegara viloyati hokimi hisoblanmish M.ning imtiyozi o’zga viloyat hokimlariga nisbatan ancha kengroqbo’lgan. M.lar Sharqiy Armani- stonni sosoniylar hukmronligi barham topgach, 428 y.dan, Sharqiy Gruziyani esa sosoniylarga qarshi qo’zg’olon bosti- rilgandan so’ng, 523 y.dan idora etgan — lar. Unga zarur paytlarda mustaqil si- yosat yuritish huquqi berilgan. M.lar, ko’pincha, shoh xonadoniga mansub bo’lib, joylarda ma’muriy, harbiy va sud hokimiyatiga ega edilar. Alisher Navo- iy asarlari tilida M. soqchi, chegarachi ma’nosida ishlatilgan. «Boburnoma»da chegara viloyati hokimi sarhadbegi ter- minbirikmasi b-n anglashilgan. Xiva xonligada M. qal’a boshlig’i vazifasini ado etgan.