Muomala

Muomala (iqtisodiyotda) — mehnat mahsulotlarini oldisotdi vo- sitasida ayirboshlash. Tovar xo’jaligi uchun xos. M. bevosita ayirboshlashpzm pul vositachiligi b-n farq qiladi. M. ibtidoiy jamoa tuzumining oxirla- rida, natural xo’jalik asosida Tovar xo’jaligining paydo bo’lishi b-n bosh- langan. Almashuv uchun maqsulot (tovar) i.ch. shakllana boshlagach, almashuvga za- ruriyat tug’ilgan, natijada M. kelib chiqqan. Tovarlarning oddiy, bevosita almashuvi (T—T)dan farkli ravishda M.da tomonlar pul orqali bog’lanadilar (T— P—T). Almashuv ishtirokchilari- dan birining qo’liga o’tgan pul ma’lum vaqtdan so’ng tovarlar va xizmatlar sotib olishga sarflanadi, jarayon to’xtovsiz davom etadi. Mex.nat mahsullarining to- Varga aylanishi M.ning kelib chiqishiga shart-sharoit yaratadi. Qiymatning pul shakli kelib chiqishi natijasida M. funktsional mustaqillik kasb etdi. Dastlabki bosqichlarda tovar M. si mahalliy bozorlar doirasida cheklangan edi. Ijtimoiy mehnat taqsimotinint chuqurlashuvi, tovar—pul munosabatla- rining kengay-ishi natijasida yagona ichki bozor va jahon bozori shakllandi. Keyinchalik tovar M.si rivojlanib, to- varlarni etkazib berish vaqti ularning qiymatini qoplash vaqtidan farq qila boshladi. Yirik mashinalashgan i. ch. moddiytexnika asosining shakllanishi kredit, keyinchalik qimmatli qog’ozlar M.sini rivojlantirdi. M. ijtimoiy mahsulotni i.ch.dan is- te’molga yo’naltirishda alohida vazifa- larni bajaradi. M. sohasida tovar ish- lab chiqaruvchilarning abstrakt mehnati o’zining ijtimoiy bahosini oladi, za- rur mehnat vositalari va buyumlarini sotib olish orqali i.ch.ning yangi tsikli uchun sharoit yaratiladi, tayyor mahsulot iste’mol fazasiga ekazib beriladi, aholining talab darajasi aniqlanadi. Nuriddin Yo’ldoshev.