Mulkiy zarar

Mulkiy zarar (O’zRda) — jismo- niy yoki yuridik shaxsga etkazilgan mod- diy zarar. M.z. va uni qoplash masalala- ri fuqarolik xuquqiga taalluk,li masa- lalardir. Umumiy qoidaga binoan, etka- zilgan M.z. to’la miqdorda qoplanishi kerak. Etkazilgan M.z.ni kamroq miqdorda qoplashga faqat qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda yo’l qo’yiladi. M.z. «haqiqiy zarar» va «boy berilgan foyda» kabi turkumlar- ga bo’linadi. Haqiqiy zarar deganda, buzilgan mulkiy huquqni tiklash uchun qilingan yoki qilinishi kerak bo’lgan xarajatlar, mol-mulkning yo’qolishi, kamayishi, nobud bo’lishi, shikastlani- shi tushuniladi. Boy berilgan foyda de- ganda, zarar ko’rgan shaxsning huquqlari buzilmaganida olinishi mumkin bo’lgan, lekin olinmay qolgan daromad tushu- niladi. Amaldagi fuqarolik kodek- sida M.z. mulkiy va ashyoviy huquqlar buzilgan takdirda qo’llanishi mumkin bo’lgan javobgarlik si-fatida belgilan- gan. Davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yoki ushbu organlarning mansabdor shax- Slarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shuningdek, ushbu or- ganlarning qonunga muvofiq bo’lmagan hujjatlari M.z. etkazilishiga sababchi bo’lishi mumkin. O’zR Konstitusiyasiga ko’ra, har bir shaxsga davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmala- rining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi ka- folatlanadi (44modda). Bu asosiy qoida Fuqarolik kodeksida ham o’z ifodasi- ni topgan. Unga ko’ra, davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari fuqaro yoki yuridik shaxsning huquq va manfaatlarini g’ayriqonuniy ravishda buzishga qaratilgan hujjat qabul qilsa, bunday hujjatni haqiqiy emas deb topish va bunday hujjat na- tijasida etkazilgan M.z.ni undirish haqida fuqarolar, yuridik shaxslar sudga murojaat qilishlari mumkin. Etkazilgan M.z.ni davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish or- ganlari yoki mansabdor shaxs to’laydi. Hojiakbar Rahmonqulov.