Muaytay, tailandcha kurash

Muaytay, tailandcha kurash, Tai- landcha boks — sport kurashi turi. Bun- da sportchilar (boksdagidek) qo’llariga qo’lqop kiygan holda arqonlar b-n o’ralgan 6×6 m o’lchamli maxsus ring (supa)da vazn toifalari bo’yicha yakkama- yakka musobaqalashadilar. Havaskor M.chilar musobaqasi 2 min. dan 4 raund davom etadi (professional M.da 3 min.dan 5 raund). Raundlar orasi- da 1 min.dan (professionallarda 2 min. dan) tanaffus beriladi. M.chilar 45, 48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67,71,75, 81, 91 kg gacha va 91 kg dan ziyod vazn toifalarida kuch sinashadilar. M.da qo’l, tirsak, oyoq va tizza b-n zarba beriladi, shuningdek, raqibni quchoklab yiqitishga ruxsat eti- ladi.M. qadimiy yakka kurash turlaridan biri bo’lib, Xitoyda shakllangan degan taxminlar bor. Asosan, 18-a.ning oxi- ridan Tailand (Siam)da keng rivojlana boshladi. 1994 y.da xalqaro havaskorlik M. federasiyasi (IFMA)ra asos solindi, unga 80 dan ortiq davlat a’zo bo’lib kir- gan (2003). O’zbekiston 1996 y.dan a’zo. 1FMA 1994 y.dan jahon chempionati- ni o’tkazib keladi. 1998 y.dan M. Osiyo o’yinlari dasturiga kiritilgan. M. Ta- iland, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gollan- diya, Malayziya, Frantsiya davlatlarida rivojlangan. M. O’zbekistonga 1993 y. kirib keldi, 1995 y.da O’zbekiston M. federasiyasi ro’yxatga olindi. Fede- Rasiyaning viloyatlarda bo’limlari, 10 mingdan ziyod a’zosi bor. 200 dan ortiq murabbiy M. mashg’ulotlarini olib bo- rishadi. O’zbekistonlik M.chilarning 23 nafari xalqaro mi-qyosdagi sport usta- si, 35 nafari sport ustasi unvoniga ega (2003). Zamirbek Qosimbekov, Rahmatjon Ro’zioxunov, Furqat Qurbonov va b. mu- rabbiylar Erkin Kuttiboev, Tohir Mir- Samatov, Nuriddin Hojiyorov, Kamo- liddin Yusupov, Diyor Po’latov singari jahon va Osiyo chempionlarini hamda Osiyo o’yinlari g’oliblarini tarbiyalash- Di. Asror Mo’minov.