MIFOLOGIK OBRAZLAR

MIFOLOGIK OBRAZLAR — xalq, og’zaki badiiy ijodiyoti, yozma adabi-yot va san’at asarlaridagi mi- fologik negizga ega bo’lgan asotiriy personaj lar. M.o. muayyan voqea- hodisaningjonlantirilgan timsoliy ifodasi bo’lib, voqelikning mohiyatini metaforik, ramziy va istioraviy holatda o’ziga ko’chiradi va uning shakily tajassumi hisoblanadi. M.o. ibtidoiy badiiy uydirma-fan- taziya mahsuli bo’lib, koinot, tabiat va jamiyatdagi turli-tuman hodisalar, kad. odam tasavvurida mavjud bo’lgan g’ayrioddiy kuchlarning kelib chiqish sabablarini izohlashga xizmat qilgan. Badiiy tafakkur shakllangach, qad. mi — fologiyannig tarkibiy qismi sanalgan asotiriy obrazlar adabiyot va san’atga ko’chgan. O’zbek mumtoz adabiyoti namo- yandalarining asarlari, «Alpomish», «Kuntug’mish», «Rustamxon» hamda «Go’ro’g’li» turkumiga mansub dostonlar, o’zbek xalq, afsonalari va ertaklarida- gi M.o. shular jumlasidandir. Fol- klor va yozma adabiyotdagi M.o. badiiy talqinning to’laqonli chiqishi hamda po- etik tafakkurning keng qamrovliligini ko’rsatish vazifasini bajaradi. O’zbek folklorida «Avesto» asotir- lariga aloqador Kayumars, Anaxita, ax- Riman, dev, pari, ajdar; suv kulti b-n bog’liq Hubbi, sust xotin, suv xotin, Chala xotin; shamol «piri» si-fatida tasavvur qilingan Haydar, Yalli momo, Yalang’och ota, Choymomo; xalq taqvimiga aloqador Ayamajuz, Aziz momo, Ahman- Dahman; momaqaldirok, va chaqmoq «ega- si» guldur momo; afsonaviy paxda- vonlar sifatida tasvirlanuvchi odami Od, Olang’asar, Doroko’z; yovuz kuchlar haqidagi qarashlarni o’zida ifoda etgan alvasti, yalmog’iz kabi kupgina M.o. mav- jud. Ad.: Sarimsoqov B., Zpik janrlar diffuziyasi //O’zbek folklorining epic janrlari, T., 1981; Jo’raev M., Shomu- sarov Sh., O’zbek mifologiyasi va Arab folklori, T., 2001. Mamatqul Jo’raev.