AHMEDOVA MATBUA AMIRSAIDOVNA

AHMEDOVA MATBUA AMIRSAIDOVNA (1933.14.1, Toshkent) — faylasuf olima. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1983), falsafa fanlari Doktori (1977), professor (1978). Moskva davlat universiteti falsafa fakultetini tugatgan (1955). Toshkentdagi oliy o’quv yurtlarida falsafa, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar tarixidan dars bergan. Toshkent madaniyat instituti rektori (1985). O’zbekiston Madaniyat vaziri (1985— 87). Toshkent sharqshunoslik institutida kafedra mudiri (1994 yildan). Ilmiy ishlari O’zbekiston va umuman O’rta Osiyoning 20-asrdagi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini falsafiy baholashga bag’ishlangan. As: Osnovi filosofii (soavt.), T., 1998.