MARATTIYANAMOLAR
MARATTIYANAMOLAR — qirqquloqsimonlar sinfiga mansub o’simliklar tartibi (Marattiales) yoki kenja sinfi (Marattiidae). Poyasi yo’g’on kartoshkasimon bo’lib, yarmi tuproqqa botib turadi. Bargi yo’g’on bandli, Yi- rik (uz. 4-6 m), patsimon, ba’zan Pan- jasimon, bir-biriga tutash, ikkita kalin yonbargchasi bor. Barglarining or- kasida, tomirlari bo’ylab sporangiylar joylashgan; ko’pchilik M.da ular o’sib sinangiylar hosil qiladi. 6 turkumi (200 ga yaqin turi) bor. Ikkala yarim- sharning tropiklari, ba’zan subtro-pi- klarida usadi. Aftidan, M. eng qadimiy qirqquloklardan bo’lib, qazilma holdagisi paleozoy (karbon) davridan ma’lum. Ayrim M.ning novda va yonbar- glari kraxmalga boy, ovqatga ishlatila- Di. Yirik M. manzarali o’simlik sifa- tida o’stiriladi.