Margimush rudalari
Margimush rudalari — tarki- bida margimush va uning birikmalari- ni ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan tabiiy mi- neral hosilalar. O’zida margimush saqlovchi 120 dan ortiq mineral ma’lum. M.r.ning eng ko’p tarqalgan mineral- lari: arsenopirit (FeAsS), lyollingit (FeAs2), realgar (As2S2), auripigment (As2S3) va b. Margimush birikmala- ri, ko’pincha, rangli va Nodir metallar majmuasida uchraydi. Sanoat rudala- rida margimushning eng kam mikdori 2%ni tashkil qiladi. M.r. konlaridan O’zbekistonda deyarli foydalanilmaydi. 1960 y.largacha hoz. Chorvoq suv om-bori yaqinidagi (Burchmulla va b.) ruda konla- ridan q.x. zararkunandalariga qarshi ku- rashish uchun margimush ajratib olingan. Margimush asl mineral shaklida uchray- digan rudalargina M.r. deb hisoblangan. Tarkibida margimush bo’lgan boshqa bar- cha rudalardan kobalt, nikel, platina, mis, kumush va oltin olish maqsadida foydalanilgan.